O‘zbekiston U-21 termasi ustozi: O‘FAdan o‘zimizda ham xalqaro turnirlarni o‘tkazishni so‘ragan bo‘lar edim

  • 8 sentabr, 2018, 21:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Avvalambor ushbu musobaqani yuksak saviyada tashkil etib, bizlarni taklif qilgani uchun Xitoy futbol assotsiatsiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tsam. Tashkiliy tomondan musobaqa juda ham yuqori saviyada o‘tdi. Xabaringiz bor, musobaqada 4 ta jamoa ishtirok etdi. Xitoy, O‘zbekiston, Tojikiston va Myanma U-21 terma jamoalari. Musobaqa davomida 2 ta g‘alaba va 1 durang natija qayd etishgani uchun futbolchilarga katta raxmat deyman. O‘yinlar davomida futbolchilarimiz texnika, xarakter va jismoniy jihatdan o‘zlarini ijobiy tomonlama namoyish qila olishdi. Har bir o‘yinda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq yaqqol sezilib turdi. Biz qisqa muddat davomida jamoani bir maqsad yo‘lida birlashtira oldik.

Uzoqda bo‘lishimizga qaramasdan, xalqimizning, futbol muxlislari-yu sportga qiziquvchi barcha-barchaning bizni qo‘llab-quvvatlab turganlarini his qilib turdik. Buning uchun Siz azizlarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik izhor etaman. Yana bir alohida minnatdorchilikni shu turnirda qatnashish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga bildiraman.

Bu xalqaro turnirda yigitlar katta tajriba to‘plashdi deb bemalol ayta olaman. Bunday musobaqalarda tez-tez qatnashish futbolimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi deb hisoblayman. Assotsiatsiyamizdan bunday xalqaro musobaqalarni yurtimizda ham tashkil qilishlarini so‘rar edim. Shunda yurtimiz ham futbol bayramiga mezbonlik qilib, tashrif buyurgan o‘zga yurt vakillari serquyosh O‘zbekistonning madaniyati, urf-odatlari, mehmondo‘stligi-yu sportda erishayotgan yutuqlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lar edilar", - dedi Jamshid Saidov.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!