O‘zbekiston Zamonaviy Beshkurash federatsiyasi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda davom etadi

CHERY AUTO

19 yanvar kuni Frankfurt shahrida, O‘zbekiston Zamonaviy Beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev va Zamonaviy Beshkurash Xalqaro ittifoqi prezidenti doktor Klaus Shormann bilan tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Uchrashuv davomida uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli xamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bahromjon Gaziev O‘zbekistonda Zamonaviy Beshkurashning holati va istiqbollari xaqida batafsil so‘zlab berdi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Vatanimizda bu sport turiga ko‘p yillar davomida etarlikcha e’tibor berilmadi. Biroq xozirgi paytda vaziyat o‘zgardi va endi huqumatning qo‘llab-quvvatlovi, O‘zbekiston Zamonaviy Beshkurash federatsiyasi va Milliy Olimpiya qo‘mitasining sa’y-xarakatlari sababli O‘zbekiston Zamonaviy Beshkurash tarixida yangi sahifa boshlandi. Mutasaddilar qisqa vaqt mobaynida kuchli murabbiylar va bir nechta sportchi topishga muvaffak bo‘ldilar va shu sabab Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.

Yaqin kelajakda O‘zbekistonda Zamonaviy beshkurash bo‘yicha maktab ochilishi rejalashtirilgan. Zamonaviy Beshkurashga bog‘liq bo‘lgan beshta sport turining trening-mashg‘ulotlari uchun shart-sharoitlar va musobaqalar o‘tkazish uchun yangi, xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy sport bazasi qurilishi kutilmoqda (ya’ni, qilichbozlik zali, suzish havzalari, yugurish yo‘laklari, o‘q otish maydonlari va konkur maydoni). Ushbu sport bazasida nafaqat zamonaviy beshkurash bo‘yicha, balki boshqa sport turlari bo‘yicha xam xalqaro musobaqalar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Doktor Klaus Shormann O‘zbekiston Zamonaviy Beshkurashning xalqaro maydoniga qaytishini qo‘llab-quvvatladi va ushbu sport turini Per de Kuberten tomonidan yaratilgan ulkan an’analarini davom ettirgan holda xalqaro olimpiya sport turlari elitasi deb ta’kidlab o‘tdi. U O‘zbekiston Zamovaniy Beshkurash federatsiyasining Xalqaro xamkorlik va mamlakatdagi ushbu sportni targ‘ib qilishning rahbariyat tomonidan tanlangan strategiyalarini yuqori baxoladi. O‘z navbatida, doktor Shormann Evropa va Osiyo mamlakatlari federatsiyalari bilan aloqalarni yaxshilashga yordam berishini va’da qildi.

Natijada, doktor Shormann Zamonaviy Beshkurashning davlatlar o‘rtasidagi yaqin aloqalarni o‘rnatishdagi muxim roli haqida so‘zlab berdi va islom madaniyatining ushbu sportga bo‘lgan munosabatini namuna sifatida aytib o‘tdi. U zamonaviy beshkurashning sport turlarini, ya’ni yugurish, suzish, ot ustida to‘siqdan o‘tish va qilichbozliklarning axamiyatini tasdiqlovchi xadisni keltirib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida Baxromjon Gaziev doktor Klaus Shormannga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Baxromjon Gazievning navbatdagi rasmiy tashrifi Osiyo Zamonaviy Beshkurash konfederatsiyasi prezidenti Sangva Pak bilan bo‘lishi kutilmoqda. Xozirgi vaqtda ushbu uchrashuvning sanasi va joyini aniqlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!