O‘zbekiston ayollar OTJ Toshkentda yig‘in boshladi

  • 20 fevral, 2019, 09:53
  • 0
  • Futbol
Xabaringiz bor, O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari saralashida qatnashadi. Mana shu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Bahrom Norsafarov shogirdlari Toshkentda navbatdagi yig‘inga kirishdi. Yig‘in poytaxtimizdagi "Chig‘atoy" sport majmuasida o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
O‘quv mashg‘ulot yig‘iniga quyidagi futbolchilar taklif etilgan:
 
Darvozabonlar:
Jonimqulova Maftuna  «Sevinch»
Boymatova Gulandon «Metallurg»
Tilolova Laylo «Sevinch»
 
Himoyachilar: 
Asadova Dilrabo   «AGMK»
Husnitdinova Soliha «Bunyodkor»
Dadaboeva Xolida «Metallurg»
Bektemirova Dilnoza  «Bunyodkor»
Boboxo‘jaeva Feruza «Sevinch»
Shoyimova Maftuna «Sevinch»
Zarbieva Tanzilya «Sevinch»
Qo‘chqorova O‘g‘iloy «Bunyodkor»
Norboeva Aziza «So‘g‘diyona»
 
Yarim himoyachilar:
Nozimova Dildora «Metallurg»
Zoirova Umida «Bunyodkor»
Turdiboeva Feruza «Metallurg»
Bahromova Fazilat «Sho‘rtan»
Safina Rushaniya   «Metallurg»
Burhonova Malika «Sevinch»
Panjieva Maftuna «Sevinch»
Fedosenko Darina «AGMK»
 
Hujumchilar:
Berdieva Kamola «Lokomotiv»
Dadajonova Nilufar «Andijanka»
Qudratova Nilufar «Sevinch»
Qurbonova Shahnoza   «Sevinch»
Habibullaeva Diyora «Metallurg»
 
Poytaxtdagi yig‘in 23 fevralga qadar davom etadi. Shundan so‘ng qizlarimiz «Turkish Women's Cup 2019» musobaqasida qatnashish uchun Turkiyaga yo‘l olishadi. Mazkur musobaqa 25 fevraldan 6 martga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!