
O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi yig‘inga kirishdi
Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 sarlash o‘yinlarining ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.
Ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Bahrom Norsafarov boshchiligidagi ayollar olimpiya terma jamoasi 5 yanvardan Toshkentda yig‘inni boshladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Bahrom Norsafarov boshchiligidagi ayollar olimpiya terma jamoasi 5 yanvardan Toshkentda yig‘inni boshladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yig‘indan ko‘zlangan asosiy maqsad, futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, ularning himoya va hujumdagi taktik-texnik harakatlarini takomillashtirish, qo‘yilgan vazifani bajarishga qodir bo‘lgan jamoani shakllantirishdan iborat.
Bosh murabbiy yig‘inga quyidagi 23 nafar futbolchini chaqirdi.
Darvozabonlar:
Tilovova Laylo («Sevinch»)
Jonimkulova Maftuna («Sevinch»)
Baymatova Gulandon («Metallurg»)
Himoyachilar:
Asadova Dilrabo (AGMK)
Husnitdinova Soliha («Bunyodkor»)
Dadaboeva Xolida («Metallurg»)
Bektemirova Dilnoza («Bunyodkor»)
Zarbieva Tanzilya («Sevinch»)
Boboxo‘jaeva Feruza («Sevinch»)
Maftuna Shoimova («Sevinch»)
Nazarova Zumratjon («Bunyodkor»)
Yarim himoyachilar:
Galimova Saida («Bunyodkor»)
Nozimova Dildora («Metallurg»)
Zoirova Umida («Bunyodkor»)
Turdiboeva Feruza («Metallurg»)
Bahromova Fazilat («Shurtan»)
Safina Rushaniya («Metallurg»)
Panjieva Maftuna («Sevinch»)
Burhonova Malika («Sevinch»)
Hujumchilar:
Qudratova Nilufar («Sevinch»)
Karachik Lyudmila («Bunyodkor»)
Habibullaeva Diyora («Metallurg»)
Dadajanova Nilufar («Andijanka»)
Toshkentdagi yig‘in 15 yanvarga qadar davom etadi.
Fikrlar