O‘zbekiston dzyudochilari kuchini ko‘rsatdi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yigitlar o‘rtasidagi musobaqada Artyom Shturbabin janubiy koreyalik Vxigeon Kim, eronlik Ja’far Feruzobodiy, yaponiyalik Kenshi Xaradani engib, finalga chiqdi. Oltin medal uchun o‘tgan bellashuvda hamyurtimiz eronlik Alirizo Xojastexdan ustun keldi.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi polvonlari ikkita oltin, beshta kumush va uchta bronza medal jamg‘ardi.

O‘zbek dzyudochilari hammani lol qoldirdi

Muso Sobirov ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilish uchun to‘rtta bellashuvda g‘olib chiqdi. Yosh polvonimiz kuchli raqiblar - hindistonlik Attor Singh, saudiyalik Abdulloh Hamad, tojikistonlik Eroj Abdulloev hamda mo‘g‘ulistonlik Botbold Bulganni mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek, musobaqada Behruz Omondavlatov, Shermuhammad Jandreev, Manusher Shirinov kumush, Kamron Nurullaev va Alisher Yusupov bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Sanobar Sultonova hamda Gulnur Muratboeva shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Kimyo Mamarasulova terma jamoamiz hisobiga bronza medal qo‘shdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!