
O‘zbekiston kubogi. “Nasaf” yarim finalga yo‘l oldi
Hozirgina Qo‘qondagi markaziy o‘yingohda O‘zbekiston Kubogi chorak final javob bahsi uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi
Unda mezbonlar “Qo‘qon-1912” jamoasi “Nasaf”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limning 20-daqiqasida Viktor Serazetdinov Sanjar Quvvatov darvozasi tomon penalti belgiladi.
11 metrlik jarima zarbasini esa Murod Xolmuxammedov bexato bajardi va hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda esa Jamshid Hasanov gol kiritib, qo‘qonlik muxlislarga umid uchqunini yoqdi.
Biroq uchrashuv so‘nggida Shaxboz Erkinov gol kiritib, hisobni qisqartirdi .
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Jasur Hasanov qarshiliklar safidagi debyut o‘yinida ilk golini kiritdi va barcha narsaga uzil-kesil nuqta qo‘ydi.
Shu tariqa “Nasaf” O‘zbekiston kubogining yarim finaliga yo‘l oldi. Qarshiliklar final yo‘lida ayni damda bo‘lib o‘tayotgan “Lokomotiv” – “Buxoro” o‘yini g‘olibi bilan kuch sinashishadi.
O‘zbekiston Kubogi.
28 iyul.( juma)
18.00 “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Nasaf” (Qarshi) 2:2
Gollar: Murod Xolmuxammedov(20 penaltidan), Jamshid Hasanov(64) - Shaxboz Erkinov(87), Jasur Hasanov(90+1).
Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent), Akmaljon Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: Arslon Xotamov (Toshkent).
“Qo‘qon-1912”: 13.Nikita Rybkin, 7.Jamshid Hasanov, 10.Javohir Siddiqov, 14.Doniyor Hasanov(11. Andrey Sidorov 56), 19.Suxrob Berdiev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 26.Akmal Xolmurodov, 55.Darko Gojkovich, 70.Quvondiq Ro‘ziev(4. Bahodir Akromov 61), 77.Murod Xolmuhamedov(5. Jalil Kimsanov 66), 99.Filip Raevats.
Zaxira: 12.Aziz Ashurov, 9.Nosir Otaqo‘ziev, 24.Ibrohimjon Rahimov, 96.Muhammadanas Hasanov.
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Maqsud Karimov (s), 6.Aziz G‘aniev, 10.Dilshod Rahmatullaev(5. G‘olib G‘aybullaev 90+2), 15.Shaxboz Erkinov, 18.Bahrom Abdurahimov, 20.Islom Kenjaboev(77. Jasur Hasanov 68), 34.Farruh Sayfiev, 69.Dragan Cheran, 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: Umidjon Ergashev, 5.G‘olib G‘aybullaev, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 45.Bobir abduxoliqov, 77.Jasur Hasanov.
Ogohlantirishlar: Filipp Raevats(44), Murod Xolmumaxammedov(45), Doniyor Hasanov(54), Javohir Siddiqov(90)
Birinchi o‘yin: 1-4.
Fikrlar