
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyada qaysi jamoalar bilan o‘ynaydi?
Mana shu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida yig‘in o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik.
Yig‘in davomida terma jamoamiz 3ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar beroqda.
Jumladan, 16 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Avstriyaning "VSG Vattens" klubiga qarshi maydonga tushishadi. 19 fevralda esa "Real Mursiya A" jamoasi bilan kuch sinashishadi. 21 fevralda esa "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.
16 fevral
O‘zbekiston OTJ - "VSG Vattens"
19 fevral
O‘zbekiston OTJ - "Real Mursiya A"
21 fevral
O‘zbekiston OTJ - "Lokomotiv" Tbilisi
Fikrlar