O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi yig‘inni yakunladi

  • 25 yanvar, 2019, 17:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 Yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash bo‘yicha ish olib borildi. Shuningdek, olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar sinovdan o‘tkazib olindi.  

Yig‘in davrida bir qator nazorat uchrashuvlari ham o‘tkazildi. Jumladan, Ozarbayjonning "Keshla" (0:0), Ruminiyaning "Mediash" (1:3), Qozog‘istonning "Taraz" (0:1) klubilariga qarshi o‘tkazilgan o‘yinlar orqali Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar sinovdan o‘tkazilib, ularning jismoniy holati ko‘zdan kechirildi va ular o‘rtasidagi bog‘lamlar bo‘yicha ish olib borildi. 

Bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi yig‘inni yakunladi. Kechqurun futbolchilarimiz Toshkentg qaytib kelishadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Turkiyadagi yig‘inda qatnashgan Ravshan Haydarov bilan uchrashib, yig‘in bo‘yicha ma’lumotlarni oladi. Yig‘in davomida o‘zini ko‘rsatgan futbolchilarning natijalari ko‘rib chiqiladi. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!