O‘zbekiston qo‘l jangi ustalari Evropada g‘olib bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Vengriyaning Budapesht shahrida qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Evropa ochiq chempionatida  dunyoning 20 ga yaqin davlatidan jami 200 nafar eng kuchli sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqada o‘zbekistonlik qo‘l jangi ustalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, medallarga sazovor bo‘ldi.

O‘z vazn toifasida barcha raqiblarini enggan Olim Normurodov, Muhiddin Mamajonov, Jahongir Jumaev, Hasan Bozorov, Jamshid Rahmonaliev shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Botir Xo‘jabekovga esa hal qiluvchi jangda omad kulib boqmadi va u kumush medali sohibi buldi.

Albatta, Evropa ochiq chempionatida umumjamoa hisobida  birinchi bo‘lish hammaga ham nasib etavermaydi. Bu musobaqa vakillarimiz uchun 10-12 noyabr kunlari poytaxtimiz mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati oldidan jiddiy sinov vazifasini o‘tab berdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!