
O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarning boshlanish vaqti ma’lum
Xabaringiz bor, Futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 23 yanvardan boshlab yig‘inni davom ettirmoqda. Unda chaqirilgan 20 nafar futzalchining barchasi ishtirok etdi. Shuningdek, "Lokomotiv"ning yosh darvozaboni Aziz Xushbokov mashg‘ulotlarga kelib ishtirok etmoqda. Darvozabonlarni milliy terma jamoamizning asosiy posboni Rustam Umarov shug‘ullantirmoqda.
Yig‘in doirasida vakillarimiz ertaga va indinga Tojikiston U-20 terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Qo‘shnilarimiz bilan o‘tadigan o‘yinlarning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi. Demak, 27 va 28 yanvarga mo‘ljallangan har ikkala uchrashuv ham 12:00da boshlanadi.
Bahslar Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Barcha muxlislarni ushbu bellashuvlarni tomosha qilishga taklif etamiz, arenaga kirish bepul.
"O‘FU" matbuot xizmati
Fikrlar