
O‘zil Germaniya terma jamoasining JCh-2018dagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqida gapirdi
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil “nemis mashinasi”ning JCh-2018dagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki haqi o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Jahon chempionatida guruh bosqichidan ortga qaytish bu juda og‘ir. Biz etarli kuchga ega emas edik. Endi bularni unutishim uchun menga biroz vaqt kerak”, - deydi O‘zil o‘zining “Tvitter”dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi so‘nggi turda Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, guruhda so‘nggi o‘rinda qolib ketgan edi.
Fikrlar