
O‘zilni Italiyaga chorlashmoqda
Londonning "Arsenal" klubi xavbeki Mesut O‘zil mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli germaniyalik futbolchiga Milanning “Inter” klubidan taklif bo‘lmoqda. Eslatib o‘tish lozimki, O‘zilning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, O‘zil joriy mavsum “Arsenal” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq O‘zil faoliyatini aynan “Arsenal”da yakunlamoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar