PFL normativdan o‘ta olmagan futbolchilardan qayta test oladi

  • 25.08.2018 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PEPSI Superliga klublari futbolchilarining jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilmoqda. 

Ta’kidlash joizki, bu kabi test-sinovlari joriy yil avvalida o‘zbek futbolida ilk marta amalga tadbiq etildi. Sinovlarning dastlabkisi o‘tgan yilning dekabr oyida, so‘ngra chempionat starti oldidan fevral oyida o‘tkazilib, shu orqali milliy chempionatimiz klublari futbolchilarining jismoniy holati haqida umumiy xulosa qilingandi.

Mazkur test-sinovlari tizimini ishlab chiqib, futbolchilarning jismoniy holati yaxshilanib borishini nazorat qilayotgan O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo‘limi belgilangan reja asosida yozda ham futbolchilarni normativ-testlaridan o‘tkazgandi. Shu jarayonda normativlarni qoniqarsiz topshirgan bir qator futbolchilar shartli ravishda Superliga hamda Pro liga o‘yinlarida maydonga tushib kelishdi. 

Endi o‘sha normativdan o‘ta olmagan futbolchilar yakuniy testlarni topshirishadi. Normativlar O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan 28-29 avgust kunlari qabul qilinadi. Jamoalarga qulaylik yaratish maqsadida Vodiy klublarining normativdan o‘ta olmagan futbolchilari 28 avgust kuni Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida test topshirishadi. Voha klublari esa 29 avgust sanasida Buxoro shahridagi “Buxoro” stadionida normativ topshirishadi. 

Testlardan o‘ta olmagan futbolchilar Superliga va Pro liga bahslariga qo‘yilmaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!