PSJ A Seriya yulduzlaridan birini sotib olmoqchi

  • 27 fevral, 2019, 13:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hamon "Fiorentina" vingeri Federiko Kezani sotib olish borasidagi fikridan qaytmayapti.

Tecno

Rai Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 21 yoshli italiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘z saflariga qo‘shib olishga urunib ko‘rishmoqchi. Bu borada ularga "Inter" va "Yuventus" jiddiy raqobat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Keza joriy mavsum “Fiorentina” safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 50 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!