
PSJ "Everton" etakchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
PSJ klubi "Everton" yarim himoyachisi Idrissa Guyeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda TeleFoot nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra parijliklar allaqachon 29 yoshli senegallik futbolchining transferi bo‘yicha “irischilar” bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Ma’lumot uchun, Guye joriy mavsum “Everton” safida jami 18ta o‘yinda maydonda tushdi. Uning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar