PSJ Mbappeni qanchaga sotmoqchi?
PSJ rahbariyati Kilian Mbappening sotib yuborilishi mumkinligini yashirmayapti.
Sport Mediaset tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 20 yoshli frantsiyalik futbolchining transferini 200 mln evroga baholashmoqda. Unga bu borada asosiy da’vogar Madridning “Real” klubi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidasini buzganlikda gumonlanmoqda. Shu bois, parijliklar bu borada vaziyatni to‘g‘rilash uchun ayrim qimmatbaho futbolchilarini sotishlari mumkin.

Fikrlar