
PSJ "Tottenxem"ning etakchi himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
PSJ klubi "Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreldning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar yozgi transferlar davrida 30 yoshli belgiyalik futbolchi uchun “shporlar”ga 29 mln evro to‘lashga tayyor. Aytish lozimki, Alderveyreldning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Biroq, London klubida ushbu kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish huquqi mavjud. O‘z navbatida futbolchining o‘zi ham londonliklar bilan uzoq yillik shartnoma imzolashni rejalashtirayotgan edi, ammo klub taklif qilgan maosh futbolchini qoniqtirmadi.
Ma’lumot uchun, Alderveyreld joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi. Unga bundan avvalroq "Manchester Yunayted"dan ham qiziqishlar bo‘layotgan edi.
Fikrlar