
PSJ himoyachisi "Barselona"ga o‘tmoqchi
PSJ klubi himoyachisi Leven Kurzava faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Diario Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda 25 yoshli frantsiyalik futbolchining agenti mijozining xizmatlarini “Barselona”ga taklif qilgan. Ushbu transfer esa kataloniyaliklarga tahminan 25 mln evroga tushishi aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra Kurzavaning parijliklar ustozi Unai Emeri bilan munosabatlari yaxshi emas va aynan shu sabab u o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.
Ma’lumot uchun, Kurzava joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 12ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar