PSJ prezidenti qanday vaziyatda Mbappeni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishini aytdi

  • 10.10.2018 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Xelaifi jamoa etakchilaridan biri hisoblangan Kilian Mbappeni qaysi holatda qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishini aytdi.

Football Espana nashrining xabar berishicha agar 19 yoshli futbolchi parijliklarga Chempionlar ligasini qo‘lga kiritishga yordam bersa, qatarlik biznesmen uning boshqa jamoaga o‘tish borasidagi iltimosini ko‘rib chiqishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum PSJ safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!