
PSJ qishda Raboni transferga qo‘ymoqchi
PSJ yarim himoyachisi Adrian Rabo yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 23 yoshli frantsiyalik futbolchi parijliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmaydigan bo‘lsa, u holda PSJ uni 40 mln evro evaziga sotishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq mavsum yakunida shartnomasi tugab, erkin agentga aylanadigan Rabo yozda erkin agent sifatida “Barselona”ga o‘tishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar