PSJ qishda sotib olishi mumkin bo‘lgan ikki nafar yarim himoyachini ko‘zlab qo‘ydi
Xabaringiz bor bundan avvalroq Frantsiyaning PSJ klubi qishda o‘ziga yangi yarim himoyachi sotib olishi borasida xabar bergan edik. Ayni damda esa parijliklar bu borada qidiruv ishlarini davom ettirishmoqda.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda PSJ ayni damda ikki nafa futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Ularning biri “Borussiya” Myunxengladbax a’zosi Mikael Kyuizans bo‘lsa, ikkinchisi “Uotford” a’zosi Abdulay Dukuredir.
Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq PSJ rahbariyati qishki transferlar uchun 30 mln evro ajratishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, “Uotford” Dukureni 40 milliondan kamiga sotmoqchi emas.

Fikrlar