PSJ rus klubidan futbolchi sotib oladi
PSJ Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi yarim himoyachisi Leandro Paredesning transferi borasida kelishuvga erishdi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 24 yoshli argentinalik futbolchi uchun rus klubiga 47 million evro to‘lashadi. Futbolchining o‘zi esa yangi jamoasi bilan 4,5 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Paredes joriy mavsum Rossiya premer-ligasida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol va 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar