
PSJ ustozi: Ikki mag‘lubiyatni inobatga olmaganda, birinchi davrani yaxshi o‘tkazdik
Frantsiyaning PSJ klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Frantsiya chempionati 19-turidan o‘rin olgan “Kann”ga qarshi (3:1) bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz chempionatda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdik va 50 ochkoga ega chiqdik. O‘tkazib yuborilgan gol esa bizga bayramdan keyin ishlashimiz kerak bo‘lgan nuqtamizni ko‘rsatib berdi.
Birinchi davrani chempionatda yakka peshqadam sifatida, EChLda esa guruhni birinchi o‘rinda tugatdik. Strasburg va Myunxenda uchralgan mag‘lubiyatlar esa biz xali o‘z ustimizda ishlashimiz lozim ekanligini ko‘rsatib berdi. Jamoam birinchi davrani yaxshi o‘tkazdi deb ayta olaman”, – deb ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi AFP nashri.
Fikrlar