
PSJ – “Nitstsa”. Mezbonlar ustozi Neymarning o‘rnida kimni maydonga tushirdi?
Birozdan so‘ng Frantsiya Birinchi divizioni 11-turidan o‘rin olgan markaziy bahs – PSJ hamda “Nitstsa” jamoalari o‘rtasidagi bahs start oladi.
Har ikkala jamoa ustozlari ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar nomini ma’lum qildi. E’tiborlisi, mezbonlar ustozi Unai Emeri o‘tgan turda “Marsel”ga qarshi bahsda qizil kartochka olgan Neymarning o‘rniga Yuliann Drakslerni tushirganini ko‘rishimiz mumkin.
PSJ: Areola, Berchiche, Kimpembe, Silva, Dani Alves, Draksler, Rabo, Verratti, Di Mariya, Kavani, Mbappe
"Nitstsa": Kardinal, Marlon, Jalle, Suke, Dante, Le Marchano, Mendi, Le-Melu, (Sneyder, 46), Lusamba, Byurner, Jalle, Mendi, Balotelli.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23.45 da start oladi.
Fikrlar