Paralimpiya kubogi. San’atkorlar sportchilardan ustun keldi(mi)?

CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasida stol tennisi bo‘yicha “Paralimpiya kubogi” mtsusobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqada 50 ga yaqin san’at sohasi vakillari va Rio-2016 XV-yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari ishtirok etdi. Ishtirokchilarni qo‘llab quvvatlash maqsadida tadbirda elimiz suygan san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan barchani xushnud etdi.

Shuni qayd etish joizki, bellashuvlarda bir qator sportchilarning ishtirok etishiga qaramay, san’at sohasi vakillari ham bu borada o‘zlarining ancha mahoratli ekanliklarni namoyon etishdi.

Xususan, bu borada Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan paralimpiya o‘yinlarida dzyudo bo‘yicha bronza medali sohibasi Sevinch Salaeva o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 Bugun assotsiatsiyamizda stol tennisi bo‘yicha “Paralimpiya kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu erda  yurtimizning taniqli yulduzlari o‘zlarining sport sohasida ham qanday mahoratga ega ekanliklarini namoyish qilishmoqda. Bunday musobaqalar bizning yanada yuqori natijalarni qo‘lga kiritishimizga turtki bo‘ladi.

Aytish lozimki, qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqada paralimpiya stol tennisi sportchisi Izzat Hamroev g‘alaba qozondi. Shuningdek, ikkinchi o‘rin xonanda Dilmurod Qurbonovga nisib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni aktyor Tolib Mo‘minov yakunlab berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!