Pastore "Zenit"ga o‘tishi mumkin
Rossiyaning “Zenit” jamoasi “Roma” yarim himoyachisi Xaver Pastoreni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Aslida rus klubi uni qishki transferlar mavsumida xarid qilishni istagan edi, biroq transferlar mavsumi Rossiyada 26 fevral kuni yakunlanadi.
Bundan tashqari 29 yoshli Pastorening o‘zi ham RPLga o‘tishga xohlagani yo‘q va yozda bir qarorga kelishini ma’lum qilgan.
Pastore “Roma”ga o‘tgan yozda PSJdan 24,7 mln evro evaziga kelgan edi. Bu mavsum “A” seriyadagi 10 uchrashuvda 2 golga mualliflik qilgan.
Fikrlar