"Paxtakor" ikkita kam "Nasaf"!
PFL saytida "Paxtakor" bugun "Nasaf"dan Odiljon Hamrobekovni transfer qilgani va futbolchini OChL-2019 o‘tish o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritganini ma’lum qilindi. Shu tariqa "sherlar" 2017 yilning yozidan beri qarshiliklarning to‘qqizinchi futbolchisini o‘z saflariga qo‘shib olishdi.
Bunga qadar Toshkent klubi "ajdarlar"dan avvaliga Eldor Suyunov va Sherzod A’zamovni, keyinchalik Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullaev, Bahrom Abdurahimov, Farrux Sayfiev hamda Dragan Cheranni Poytaxtga chorladi. Yaqindagina esa “Nasaf”ning shuncha futbolchisini “talon-taroj” qilgan “Paxtakor” Sanjar Quvvatov va Odiljon Hamrobekovni ham o‘z tomoniga og‘dirib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Akmal Shorahmedov yaqindagina Olmaliqning AGMK jamoasiga ko‘chib o‘tdi. O‘ng qanot himoyachisi Mirjalol Qosimov jamoasi safini to‘ldirdi.

Fikrlar
Алишер Усмонов ростан хам пул тиквотган булса узига буюргани яхшиди уша пуллари.
Сеаимли жамоамизни карвонсарой киворди бу овсарлар.
Бабаян минг марта яхши эди.