"Paxtakor"ning rejasi nega o‘zgardi?
"Paxtakor"ning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasida kichik o‘zgarish sodir bo‘ldi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mashg‘ulotlarni ayni kunlarda "Jar" stadionida davom ettirayotgan "Paxtakor" 12 yanvar kuni nazorat uchrashuvini "Surxon"ga qarshi ushbu stadionda o‘tkazadi. Turkiyada o‘tkazilishi mo‘ljallangan xorij yig‘ini esa ko‘plab futbolchilarning terma jamoa safida ekanligi sabab bekor qilindi.
Natijada BAA yig‘ini muddati o‘zgartirildi. Dubayga 25 yanvar kuni jo‘nab ketiladi va u erda mashg‘ulotlar 6 fevralgacha davom ettiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing amaldagi chempioni "Lokomotiv" ayni damda BAAda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar