Pellegrini lavozimidan ozod qilinmaydi
Londonning “Vest Xem” jamoasi Angliya chempionati startida birorta g‘alabaga erisha olmayotir. Jamoa ayni damda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.
Shunga qaramasdan klub rahbariyati bosh murabbiy Manuel Pellegrinini iste’foga chiqarmoqchi emas, deya xabar beradi Mirror nashri.
Manabada yozilishcha, “Vest Xem” o‘tgan yilgi “Kristal Pelas”da yuz bergan holatga qaramoqchi emas. O‘shanda Frank De Bur chempionatdagi 7 ta mag‘lubiyatdan so‘ng lavozimidan ozod qilingan.
Avvalroq Manuel Pellegrinining o‘zi mag‘lubiyatga qaramasdan jamoaga ishonch bera olganini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoalar o‘yinlaridan so‘ng “Vest Xem”ni “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Everton”ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.

Fikrlar