Pepsi Superliga. "Qo‘qon-1912" o‘z uyida "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi
Qo‘qon shahridagi "Markaziy" stadionda kechgan bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Dastavval 54-daqiqada Quvondiq Ro‘ziev hisobni ochdi. 75-daqiqada esa Sanjar Rashidov jarima zarbasini qoyilmaqos tarzda ijro etib, muvozanatni tikladi.
81-daqiqada uchrashuv bosh hakami Ahrol Risqullaev jizzaxliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirib, qo‘qonliklarning g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Fikrlar