Peres: Hech bir klub Ronaldu uchun 100 mln evrodan ko‘p taklif qilmagan
“Real” prezidenti Florentino Peres portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning “Yuventus”ga o‘tib ketishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
– Madriddagilarning tovon puli faqat sotish uchun emas, balki boshqa jamoalarni to‘xtatib turadi. Ronalduning transferi bu yilda biz uchun eng foydali bo‘ldi.
– Hamma uning to‘g‘ri qarorga kelganiga amin bo‘lgandan keyin biz “Yuventus” bilan kelishuvga erishdik. Hech kim “Real” Krishtianu uchun 100 million evrodan ko‘p taklif qilgani yo‘q.
– Ronaldu shaxsiy sabablarga ko‘ra ketishni istadi. Bu borada biz boshqa jamoalardan ko‘p taklif kelgani yo‘q, – deya Peresning so‘zlarini keltiradi Sport nashri.
Eslatib o‘tamiz, iyulda Ronaldu “Real” “Yuventus”ga 112 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar