
Peres Londonda Alves bilan uchrashdi va uni "Real"ga taklif qildi
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres joriy hafta Londonda bo‘lib o‘tgan FIFAning yil laureatlarini taqdirlash marosimida PSJ himoyachisi Dani Alves bilan bo‘lgan uchrashdi.
“Men uni yo‘lakda uchratib qoldim. U har doimgidek xushbichim edi. Bu vaqt orasida biz bir-birimiz bilan hazillashishga ham ulgurdik. Men unga “Real”da o‘nashi kerakligini aytdim, Alves esa bunga javoban qo‘ng‘iroq qilmasligimni so‘radi”, - deydi Peres.
Ma’lumot uchun, Dani Alves 2008-2016 yillarda “qirollik klubi”ning ashaddiy raqibi hisoblangan “Barselona”da to‘p surgan.
Fikrlar