
Peres Lopetegini ishdan bo‘shatmaydi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining kelajak taqdiri borasida muhim qarorga keldi.
Cadena SER nashri tarqatgan xabarga qaraganda “qirollik klubi” bundan avval chop etilgan Lopetegining iste’foga chiqarilishi haqidagi xabarlarni inkor etgan. Unga ko‘ra Lopetegi 23 oktyabr kuni “Viktorii Plzen”ga qarshi bahsda ham jamoani boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” qatorasiga 5ta o‘yindan buyon (4ta mag‘lubiyat, 1ta durang) g‘alaba qozona olmayapti.
Fikrlar