Peres Lopetegining o‘rniga 3 nafar mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 21 oktabr, 2018, 20:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining o‘rniga uch nafar nomzodni ko‘z ostiga olib qo‘ydi.

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbari 52 yoshli ispaniyalik mutaxassisni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Antonio Konte (ishsiz), Yoaxim Lyov (Germaniya terma jamoasi) yoki Joze Mourino ("Manchester Yunayted") kabi mutaxassislardan birini jalb etmoqchi.

Peres yuqoridagi uch nomzod ichida ko‘proq italiyalik mutaxassisni olib kelishni xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lopetegi boshchiligidagi “Real” qatorasiga 5ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shohruxxon
21/10/2018 20:56
Konte keliwi kerak