Peres Modrichga nima va’da bergan edi?
Italiya nashrlari "Real" prezidenti Florentino Peres jamoa yarim himoyachisi Luka Modrichga nima va’da bergani haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Jumladan, La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbari 32 yoshli xorvatiyalik futbolchiga agar “Real” ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olsa, uni o‘zi istagan klubga qo‘yib yuborishga va’da bergan. Yangi hafta boshida rejalashtirilgan uchrashuvda Modrich Peresga ushbu va’dasi haqida eslatib qo‘ymoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich ayni damda “Inter”ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Biroq, Peres bundan avvalroq uni sotib olmoqchi bo‘lgan jamoa 750 mln evro to‘lashi lozimligi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar