Perishich London klubiga o‘tishi mumkin
Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Ivan Perishich qishki transferlar mavsumida Angliya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin edi, biroq transfer amalga oshmagan. Endi yana Premer-liga klublari unga qiziqish bildirmoqda.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchiga ayni damda “Tottenxem” jamoasi qiziqmoqda va aynan “taqachilar” ustozi Maurisio Pochettino uning EChLdagi o‘yinini ko‘rib, uni Londonga olib kelish fikrini olg‘a surmoqda.
Manbada yozilishicha, londonliklar Perishichni yozgi transferlar mavsumida xarid qilmoqchi. Bu transferda almashtirish varianti ham yo‘q emas. Masalan Serj Ore va Mussa Sissoko transferning bir qismi bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Perishichga yanvarda “Arsenal” qiziqqan, biroq transfer amalga oshmagan.
Fikrlar