Perishichga Evropaning uch grandi xaridor bo‘lmoqda

  • 4 dekabr, 2018, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Ivan Perishich mavsum yakunlangach  jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda FCInter News nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli xorvatiyalik futbolchiga  "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "Atletiko" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. O‘z navbatida “neradzurrilar” ham ushbu grand klublarning takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor. Milanliklar Perishichning transferidan kamida 50 mln evro ishlab olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Perishich joriy mavsum “Inter” safida jami 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!