Perishichning Frantsiyaga qarshi bahsda ishtirok etish yoki etmasligi ma’lum bo‘ldi

  • 15 iyul, 2018, 17:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Perishichning bugun Frantsiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 finalida ishtirok etish yoki etmasligiga doir xabar tarqaldi.

“Biz uchun yaxshi yangilik, Perishich soppa-sog‘ va u maydonga tusha oladi. Ishonamanki, buz bugun g‘alaba qozonamiz. Albatta, hal qiluvchi bahsda imkoniyatlar doim 50/50 bo‘ladi. Frantsiya esa juda kuchli jamoa. Biroq, bu o‘yinda daraja hech narsani anglatmaydi. Bizda qo‘rquv bilmas jamoa bor”, - deydi xorvatiyalik agent Marko Naletilich.

Eslatib o‘tamiz, Perishich Angliyaga qarshi yarim final bahsida jarohat olgan va shundan so‘ng uning finalni o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Frantsiya – Xorvatiya uchrashuvi soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!