
Petr Chexning safga qaytish muddati ma’lum bo‘ldi
“Arsenal” jamoasi darvozaboni Petr Chex jarohat sababli bir oy maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.
Chexiyalik darvozabon “Vest Bromvich”ga qarshi (1:3) Angliya chempionati 29-tur o‘yinida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.
Avvalroq 34 yoshli chexiyalik posbon “Manchester Siti”ga qarshi APL 30-turi o‘yinida maydonga tusha olmasligi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar