Platini: Ronalduning "Real"dek jamoani tashlab "Yuventus"ga o‘tishi g‘alati...
UEFAning sobiq rahbari Mishel Platini portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Real"dan "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Uning 33 yoshida yangi sarguzashtlar izlab ketma-ket 3 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan “Real”ni tashlab ketgani menga g‘alati tuyulmoqda. 32 yoshimda menga ham ko‘plab jamoalar qiziqish bildirishgan, lekin men o‘shanda faoliyatimni yakunlaganman. Chunki charchagan edim.
“Yuventus”ning o‘zi u bilan qiziqqanmi yoki Mendesh uning xizmatlarini turinliklarga taklif qilganmi bunisi endi menga qorong‘u. Lekin men hamon ushbu transferga tushuna olmayapman”, - deydi Platini.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Real”dagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng 117 mln evro evaziga “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar