
Plyaj futboli: O‘zbekiston Kubogi start oldi
Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida plyaj futboli bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi start oldi. 12 ta jamoa to‘rt guruhda ishtirok etmoqda. To‘rtala guruhda ham 1-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Plyaj futboli qonun-qoidasiga ko‘ra, sportning bu turida durang natija qayd etilmaydi. Sakkiz daqiqadan iborat uch bo‘limda durang natija yuz beradigan bo‘lsa, qo‘shimcha uch daqiqa belgilanadi. Va bunda ham kuchlar teng kelsa navbat penaltilarga beriladi.
Penalti tartibi ham boshqalardan farq qiladi. “Lotoreya” bahsi to kim tomon xato qilgunga qadar davom etadi. Aytaylik birinchi futbolchi gol urdi, javob to‘pini tepgan jamoa a’zosi esa gol urolmadi, o‘yin to‘xtatiladi. Bugun o‘tkazilgan to‘rt uchrashuvning ikkitasida shunday voqea sodir bo‘ldi.
Qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
17 iyul. 1-tur.
“A” guruhi: “Kasbi” - “Binokor” – 3:4
“V” guruhi: “Qarshi” “Kogon” – 2:2. Pen.bo‘y. 2:3
“S” guruhi: “Nishon” – “Samarqand” – 3:3. Pen.bo‘y. 5:4.
“D” guruhi: “Mash’al” – “Adolat” – 3:6.
Musobaqa bugun davom ettiriladi.
Fikrlar