
Podolski yapon klubiga o‘tdi
Turkiyaning «Galatasaroy» klubi hujumchisi Lukas Podolski faoliyatini Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubida davom ettiradi. Bu haqda yapon klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Podolski ayni vaqtda Jey liga turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turgan klub safiga 6 iyulda borib qo‘shiladi. Aynan o‘sha kuni germaniyalik futbolchini aeroportda tantanali tarzda kutib olishadi.
Ma’lumot uchun, Podolski yakunlangan mavsumda Turkiya chempionatida 26 ta o‘yinda ishtirok etdi va 7 ta gol kiritib yana shuncha golga assistentlik qildi.
Fikrlar