Portugaliya. Rashidovning 3 ta goli "Nasonal"ga 3 ochko keltirdi
Madeyrada kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz Sardor Rashidov esa raqib darvozasini 3 bor ishg‘ol qilib, xet-trik qayl etdi.
Rashidov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi 12, 54 hamda 67-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 70-daqiqada esa zaxiraga olindi.
Bugungi g‘alaba natijasida "Nasonal" hisobidagi ochkolar soni 23 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi."Feyrensi" esa 14 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.
Portugaliya Primeyra-ligasi. 22-tur
"Nasonal" - "Feyrensi" 4:0
Gollar: Sardor Rashidov (12, 54, 67), Rochez (80).



Fikrlar