Povetkin: Joshuaning chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritaman

  • 16.07.2018 17:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Super og‘ir vazn toifasida WBA (Super), WBO, IBO va IBF chempioni Entoni Joshua rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi jangi 22 sentyabr kuni Londonning "Uembli" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

- Chempionlik kamari uchun jang mening xayotim davomidagi maqsadim edi. Men eng kuchli bokschiga qarshi ringga chiqish uchun kurash olib borganman va ushbu imkoniyatdan 22 sentyabr kuni unumli foydalanishga harakat qilaman.

Entoni Joshua 4 chempionlik kamariga egadir va men ularni har birini qo‘lga kiritishni xohlayman. Ikki Olimpiada chempioni professional ringda uchrashishidan men bag‘oyat xursandman, - deya Povetkinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports nashri.

Ma’lumot uchun, 31 mart kuni Kardiffda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Povetkin Devid Praysni mag‘lub etgandi. Joshua esa hakamlar qaroriga ko‘ra, Djozef Parker ustidan ishonchli g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!