Pro-liga. Nesterovning yo‘qligi sezildi
Mazkur bellashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz Ignatiy Nesterov bugungi uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Nesterov o‘tgan ikki tur davomida "Uhud" darvozasini qo‘riqlagan va jamoa qatorasiga ikkita g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Bugungi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng madinaliklar hisobidagi ochkolar soni 12 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida so‘nggi (18) o‘rinni egallab turibdi.
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi. 20-tur
"Al-Tavun" - "Uhud" 4:0.
Fikrlar