Pro-liga pley-off. “Mash’al” qiyinchiliksiz “Sherdor”ni mag‘lub etdi

  • 26 noyabr, 2018, 15:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun Pro-ligada Superliga yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirish uchun pley-off o‘yinlarining dastlabkisi bo‘lib o‘tishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

Hususan, bundan biroz avval Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan "Mash’al" va "B" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan "Sherdor" jamoalari o‘rtasidagi o‘tish o‘yini o‘z nihoyasiga etdi. Shiddatli va keskin kurashlarga boy kechgan uchrashuv 4:0 hisobida nisbatan tajribaliroq hisoblangan muborakliklar foydasiga hal bo‘ldi. "Mash’al"ga g‘alaba olib kelgan gollarga Humoyun Murtazoev (dubl) hamda Abdullox Olimovlar (dubl) mualliflik qilishdi.

Pro-liga / pley-off, 26 noyabr (dushanba)

Toshkent viloyati. “Do‘stlik” stadioni.

14:00 - “Mash’al” (Muborak) – “Sherdor” (Samarqand) 4:0

Gollar: Humoyun Murtazoev 35, 90, Abdullox Olimov 81, 85.

Eslatib o‘tamiz, ertaga pley-offning ikkinchi juftligida "A" guruhda uchinchi o‘rinni egallagan "Istiqlol" "B" guruhi chempioni hisoblangan "Nurafshon"ga qarshi bahs yuritadi. Uchrashuv Olmalik shahridagi AGMK stadionida soat 14:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!