Professional bokschimiz Ulug‘bek Sobirov faoliyatidagi 7-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 12 avgust, 2018, 10:39
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan o‘zbekistonlik bokschi Ulug‘bek Sobirov faoliyatidagi ettinchi jangini Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazdi.

Tecno

8 raund etib belgilangan to‘qnashuvda u mezbon bokschi Teravat Yoxangoxga (19-8-0, KO13) qarshi ringga ko‘tarildi. Jangni faol boshlagan sportchimiz ikkinchi raundga kelib to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi va raqibini nokautga uchratib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Sobirov U.

Joriy yilning 29 iyulida u filippinlik Dennis Padua (11-15-2, KO6) bilan kuch sinashib, jangning birinchi raunddidayoq raqibini ringga qulatgan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘tkazilgan 6 jangda Ulug‘bek barchasini g‘alaba bilan yakunlagan va 4 tasida nokaut qayd etgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!