Pyanich tez orada "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytiradi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich o‘zining kelajak faoliyati borasida bir qarorga keldi.
Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli bosniyalik futbolchi yaqin vaqtlar ichida “keksa sinora” bilan shartnomasini uzaytiradi. Yangi kelishuv 2022 yilga qadar imzolanadi va unga ko‘ra Pyanichning yillik maoshi 7 millionga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Pyanichning ayni damdagi maoshi yiliga 4,5 million evroni tashil etadi.
Fikrlar