Qilichbozlarimiz tarixda ilk marotaba jahon kubogida kumush medalga ega chiqishdi

BEPUL PROPAN

Quvonarlisi, musobaqaning jamoaviy yo‘nalishida ishtirok etgan sportchilarimiz tarixda ilk marotaba jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilishdi. Qizlarimiz turnir davomida Moldova va Germaniya terma jamoasi vakillarini mag‘lub etishdi. Final bosqichida esa rossiyalik raqiblarga mag‘lub bo‘lishdi va kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Bahslarda yurtimiz sharafini Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Shaxnoza Tog‘aymurodova va Aysulu Usnatdinovalar himoya qilishdi.

Yakkalik bahslarida bosh mukofotga bolgariyalik Yoana Ilieva ega chiqdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda rossiyalik sportchilar Valena Kobzeva va Alina Mixaylovaga nasib qildi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qayd etish lozimki, mazkur natijadan so‘ng qizlarimiz jahon reytingida 12-o‘ringa ko‘tarildilar. Osiyo qit’asida esa kuchli uchlikka kirib oldilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!