Qilichbozlik. O‘zbekiston chempionatining dastlabki g‘oliblari ma’lum
Kecha, 16 aprel kuni Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi.
Musobaqada o‘z hududida kuchli 16 nafar qilichboz qatoriga kira olgan sportchilar qatnashayotganligini alohida qayd etib joiz. Chempionatning birinchi kunida shamshir bo‘yicha yakkalik bahslari bo‘lib o‘tdi.
E’tiboringizga kechagi bahslarda sovrindor bo‘lgan sportchilar ro‘yxatini taqdim etamiz:
Ayollar. Shamshir. Yakkalik
1-o‘rin: Malika Hakimova (Toshkent)
2-o‘rin: Albina Abdurahmonova (Navoiy)
3-o‘rinlar: Gulmira Ziyaeva (Farg‘ona), Jasmina Suvonova (Toshkent)
Erkaklar. Shamshir. Yakkalik
1-o‘rin: Oleg Sokolov (Toshkent)
2-o‘rin: Fayzulla Alimov (Toshkent)
3-o‘rinlar: Matvey Kremnev (Toshkent), Javohirbek Nurmatov (Andijon)
Bugun shamshir bo‘yicha jamoaviy bellashuvlar tashkil etiladi.
Fikrlar